Onam

Botir Qodirov

Yuragimning dard tolasi,

Qalbimning mungli nolasi,

Ko’zlarim sog’inch jolasi – onam. (x2)

Hasratlarin ichga yutgan,

Dardin aytolmay berkitgan,

Mening kelishim zor kutgan – onam. (x2)

Onam, onam.

Yuzlari yorug’ oyligim,

Mening yo’qotgan boyligim, (x2)

G’animatim, chiroyligim – onam. (x2)

Yayrab, quvnab yurmaganim,

Davru davron surmaganim, (x2)

E, so’nggi dam ulgurmaganim – onam,

E, so’nggi damda ulgurmagan – onam.

Dardu sitam birlan qarib,

Ko’zlari meni axtarib, (x2)

Vidolashmay ketgan g’arib – onam. (x2)

Omonatgina mehmonim,

Yolg’izim, tanho insonim,

So’nggi so’zlari armonim – onam.

Onam…

Boshida tuhmat toshlari,

Baloyu kulfat toshlari,

Toshdan qattiq bardoshlari – onam. (x2)

Umri sokin g’amginginam,

Endi manguga jimginam,

Yuvoshginam, mo’minginam – onam.

Yuzlari yorug’ oyligim,

Mening yo’qotgan boyligim,

G’animatim, chiroyligim – onam.

Onam… onam… onam… onam…

同歌手歌词